UZ RU EN
Kengashlar

Xotin-Qizlar Kengashi

Tasdiqlangan
JizPI rektori A.K.Usmonkulov tomonidan 2018 yilda

Umumiy qoidalar

Tashkil etish va tashkiliy tuzilma

1.1

Jizzax politexnika instituti xotin–qizlar qɵmitasi boshlang‘ich tashkiloti ayollar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladigan o‘zini-o‘zi boshqaruvchi tashkilotdir.

1.2

Qɵmita o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi va “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda mazkur Nizomga muvofiq olib boradi.

Tashkiliy tuzilma
2.1

Qɵmita uning a‘zolari qarori asosida tuziladi.

2.2

Jamoada faoliyat olib borayotgan har bir xotin–qiz millati, ma‘lumoti, ijtimoiy ahvolidan qat‘iy nazar Qɵmitaga a‘zo bo‘lish huquqiga egadir.

2.3

O‘n sakkiz yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar Qɵmita a‘zolari bo‘lishi mumkin.

2.4

Qɵmitaning raisi va o‘rinbosari a‘zolarning umumiy majlisida 5 yilga saylanadi.

2.5

Boshlang‘ich tashkilotda a‘zolarning sonidan kelib chiqqan holda 15 kishigacha bo‘lgan tarkibda Kengash saylanishi mumkin.

2.6

Xotin–qizlar Qɵmita raisi oliy ta‘lim muassasasi ilmiy kengashi a‘zosi sifatida yiliga 1 marotaba hisobot beradi.