Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan
Keyingi yillarda butun dunyoda, jumladan, Respublikamizda ham «Yashil energiya»ga e‘tibor va ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatimizning iqlim sharoitini hisobga oladigan bo‘lsak, quyosh energiyasi eng dolzarb masalalardan biri ekanligini tushunish qiyin emas.
Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta — Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Évora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politécnica de Madrid universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida «Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)» xalqaro loyihasi ishtirokchilarining birinchi uchrashuvi hamda loyihaning ochilish marosimi (Kick-off meeting) bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Jizzax politexnika institutidan loyiha koordinatori, dotsent, PhD T. Berdiyorov va loyiha ishtirokchisi «Energetika» kafedrasi dotsenti v.b, PhD M. Anarboyevlar ishtirok etishdi.