UZ RU EN
Ilmiy daraja

Doktorantura

Jizzax politexnika institutida ilmiy daraja olish yo’llari, dissertatsiya va avtoreferat qoidalari

Doktoranturaga oid normativ hujjatlar

239/3-son2017 yil 31 may

OAK Rayosatining «Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori (ro'yxat raqami 2893)

239/4-son2017 yil 31 may

OAK Rayosatining «Ilmiy darajalar berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori (ro'yxat raqami 2894)

239/5-son2017 yil 31 may

OAK Rayosatining «Ilmiy unvonlar berish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi qarori (ro'yxat raqami 2793-2)

239/6-son2017 yil 31 may

OAK Rayosatining «Malakaviy imtihonlarni o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori (ro'yxat raqami 2764-1)

239/7-son2017 yil 31 may

OAK Rayosatining «Ekspert kengashi to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori (ro'yxat raqami 2443-2)

Avtoreferat ro’yxati

F.I.Sh. Dissertatsiya turi Mavzu Ixtisoslik Avtoreferat
1 Axmedov Jo'raboy Raxmonberdiyevich Pedagogika fanlari bo'yicha doktorlik (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati Axborotlashtirilgan ta'lim muhitida bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish 13.00.05 — Kasb-hunar ta'limi nazariyasi va metodikasi
2 Alikabulov Shuxrat Abdumalikovich Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati Mahalliy xomashyolardan foydalanib kompozitsion qurilish bitumlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish 02.00.07 — Kompozitsion lok-bo'yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi
3 Erboyev Shavkat Ochiltoshevich Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati Temir yo'llarda ekspluatatsiya qilinayotgan temirbeton ko'priklar yuk ko'tarish qobiliyatini texnik diagnostika asosida aniqlash usullarini takomillashtirish 05.09.02 — Asoslar, poydevorlar va yer osti inshoatlari. Ko'priklar va transport tonnellari
4 Saidaxmedova Nodira Ilxomovna Iqtisod fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning nazariy jihatlari va ustuvor yo'nalishlari 08.00.04 — Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti; 08.00.01 — Iqtisodiyot nazariyasi
5 Egamberdiyev Fazliddin Otaqulovich Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati Mashinada teriladigan paxtaning tolasini samarali tozalash uchun takomillashtirilgan tola tozalagichni ishlab chiqarish 05.06.02 — To'qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish
6 Hamidov Jalil Abdurasulovich Pedagogika fanlari bo'yicha doktorlik (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda o'qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va qo'llash texnologiyasi 13.00.05 — Kasb-hunar ta'limi nazariyasi va metodikasi
7 Turakulov Olim Xolbutayevich Pedagogika fanlari bo'yicha doktorlik (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati Axborotlashtirilgan ta'lim muhitida kichik mutaxassislar tayyorlashning ilmiy-metodik ta'minotini takomillashtirish 13.00.05 — Kasb-hunar ta'limi nazariyasi va metodikasi
8 Djiyanbayev Sirojiddin Valiyevich Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati Mahalliy xomashyolar asosida yangi kompozitsiyali reduktor surkov moyini olish texnologiyasini ishlab chiqish 02.00.08 — Neft va gaz kimyosi texnologiyasi

Doktorantlar tayyorlash bo’yicha ixtisosliklar

Ixtisoslik shifri Ixtisoslik nomi
105.01.02Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash
205.08.06G'ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish
303.00.05Botanika
411.00.05Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
505.06.02To'qimachilik materiallari texnologiyasi va xom-ashyoga dastlabki ishlov berish
613.00.05Kasb-hunar ta'limi nazariyasi va metodikasi
705.05.06Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari
805.09.05Qurilish materiallari va buyumlari
902.00.13Noorganik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi
1005.09.03Issiqlik ta'minoti, ventilyasiya, havoni kondisiyalash, gaz ta'minoti va yoritish

Doktorantura kirish imtihon dasturlari

13.00.05

Kasb hunar ta'lim nazariyasi va metodikasi

05.09.05

Qurilish materiallari va buyumlari dastur

05.08.06

G'ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish

05.06.02

To'qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlova berish

Dissertatsiya

1. Dissertatsiya strukturasi

Dissertatsiyaning asosiy qismi uning to'liq hajmining 70% dan kam bo'lmagan qismini tashkil etishi kerak. U bayonning mantiqiy strukturasidan kelib chiqib boblar va paragraflarga bo'linadi. Nomzodlik dissertatsiyasida 3 yoki 4 bob, doktorlik ishida esa 4 va undan ortiq bob bo'lishi mumkin. Har bir bob 2 va undan ortiq paragrafga ega bo'ladi.

Dissertatsiya quyidagi elementlarga ega bo'lishi kerak:

  • Titul varag'i
  • Mundarija
  • Kirish
  • Asosiy qism boblari
  • Xulosa
  • Bibliografik ro'yxat
  • Ilova
  • Yordamchi ko'rsatkichlar

Titul varag'i dissertatsiya ishining birinchi sahifasi hisoblanadi va qat'iy belgilangan qoidalar bo'yicha to'ldiriladi. Yuqori maydonda o'quv yurti yoki ilmiy ish bajarilgan ilmiy tashkilotning to'liq nomi ko'rsatiladi.

Kirish qismida (7–10 bet)

Tadqiqotchi tadqiqot ob'ektini qisqa belgilaydi, muammo dolzarbligi, uning hozirgi vaqtdagi holati, muammoni hal qilishda mavjud qiyinchiliklarni qayd etadi, qo'yilgan ilmiy vazifa yoki yangi ishlanmalarning mohiyatini, shaxsiy tadqiqotlari maqsadi, yo'nalishlari, metodlari, boblar bo'yicha mazmunini bayon etadi.

I bob
Ma'lum tadqiqotlarning batafsil sharhi, patent tahlili va qo'yilgan vazifalarni yechish uchun zarur materiallar — odatda 20–25 bet
II bob
Vazifaning yechimini nazariy asoslash, yechim metodikasiga bag'ishlangan — 35–40 bet
III bob
Masalani yechishning eksperimental asoslanishi, tajriba va nazariy natijalar tahlili — 30–35 bet
IV bob
Konkret yechimlar, grafikalar, bog'liqliklar, natijalarni muhokama qilish va baholash — 20–25 bet
Dissertatsiya hajmi

Doktorlik dissertatsiyasining matni 250 betdan, nomzodlik dissertatsiyasi esa 120 betdan oshmasligi kerak. Matn A4 formatda, Word 14 shrift, 1,5 interval. Chap — 30 mm, yuqori — 25 mm, o’ng — 15 mm, pastki — 25 mm.

2. Dissertatsiyalarni rasmiylashtirish qoidalari

Mazkur qoidalar OAK Rayosatining 1996 yil 25 yanvardagi 34/2 qarori bilan tasdiqlangan va O'zR Adliya vazirligida 1996 yil 10 iyulda 261-raqam bilan ro'yxatga olingan «Ilmiy darajalar berish tartibi to'g'risida Nizom» asosida ishlab chiqilgan.

Dissertatsiya matni kompyuterda WORDning 14 shriftida 1,5 intervalda A4 formatli standart oq qog'ozning bir tomonida yozilgan bo'lishi kerak. Chap — 30 mm, yuqori — 25 mm, o'ng — 15 mm, pastki — 25 mm.

Dissertatsiyaning barcha betlari titul betidan oxirgi betgacha tartib bilan raqamlanadi. Birinchi bet titul varagi hisoblanib, unga raqam qo'yilmaydi, keyingi betga «2» raqami qo'yiladi.

Bo'limlarning nomlanishi bosh harflar bilan yoziladi. Sarlavhani tagiga chizib yozishga ruxsat etilmaydi. Sarlavha oxirida nuqta qo'yilmaydi.

Dissertatsiya bo'limlari, bo'lim ichida paragraflar butun dissertatsiya bo'yicha arab raqamlari bilan belgilanadi. Kirish va xulosa qismlari raqamlanmaydi. Paragraf raqami oxirida nuqta qo'yiladi, masalan «2.3.».

Dissertatsiyaning har bir nusxasida titul varag'ida dissertantning imzosi bo'lishi kerak.

Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari ilmiy nashrlarda chop etilishi lozim. Doktorlik uchun ilmiy ishlarning umumiy soni 20 tadan, nomzodlik uchun 5 tadan kam bo'lmasligi kerak.

Dissertatsiya kengashga topshirilgandan keyin dissertatsiyada aniqlangan noaniqliklar va xatolarni tuzatish mumkin emas.

3. Dissertatsiya himoyasi tartibi

1
Kengashni rasmiy ochish

Kengash hay'at raisi tomonidan ochiladi. Tashrif qog'oziga asoslanib kengash a'zolariga kengashning huquqiyligi haqida xabar beriladi, dissertatsiya nomi, rasmiy opponent familiyalari, yetakchi tashkilot nomi ko'rsatib o'tiladi.

2
Ilmiy kotibning ma'ruzasi

Ilmiy kotib tadqiqotchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosiy mazmuni va o'rnatilgan tartibga mosligi haqida qisqacha ma'ruza qiladi.

3
Dissertant ma'ruzasi

Dissertatsiya ishining natijalari haqida tadqiqotchiga so'z beriladi. Ilmiy ma'ruzada barcha hay'at a'zolariga tuzilish va uslubiyat jihatidan tushunarli bo'lishi muhim. Hay'at a'zolari qarama-qarshilikni nozik his qiluvchi yuqori kvalifikatsiyali olim va mutaxassislardir.

4
Savol-javob

Himoyaning eng mas'uliyatli daqiqasi — ixtisoslashgan kengash a'zolarining savollariga tadqiqotchining javoblari. Agar savolga javob darrov kelmasa, buni xayajonlanganligingizdan ekanligini aytib, javob bering. Insonga xos xislatlar barcha kishilar tomonidan e'tiborga olinadi.

5
Taqrizlar va rasmiy opponentlar

Tadqiqotchi javoblaridan so'ng so'z ilmiy rahbar yoki maslahatchiga beriladi, yetakchi tashkilot taqrizi, dissertatsiya va avtoreferatga kelgan boshqa taqrizlar eshittiriladi. So'ngra rasmiy opponentlar chiqadi.

6
Yopiq ovoz berish

Tadqiqotchining yakunlovchi so'zidan keyin ilmiy daraja berish masalasi bo'yicha yopiq ovoz beriladi. Kengashda ishtirok etuvchi ovoz berish huquqiga ega a'zolarining uchdan ikki qismi ovoz bersa, natija ilmiy daraja berish uchun ijobiy hisoblanadi.

Avtoreferat

Avtoreferat hajmi

Nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferatining hajmi — 1 bosma taboq (16 bet, A4), doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatining hajmi — 2 bosma taboq (32 bet, A4). WORDning 14 shriftida bir intervalda yoziladi.

Avtoreferat matni bo’limlari

1
1. Dissertatsiyaning umumiy tavsifi

Muammoning dolzarbligi; muammoning o'rganilganlik darajasi; tadqiqot maqsadi; tadqiqot vazifalari; tadqiqot ob'ekti va predmeti; tadqiqot metodlari; himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar; ilmiy yangiligi; amaliy ahamiyati; natijalarning joriy qilinishi; ishning aprobatsiyasi; natijalarning e'lon qilinganligi; dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.

2
2. Dissertatsiyaning asosiy mazmuni

Bajarilgan tadqiqotning bo'limlar bo'yicha qisqacha tavsifi. Zarur hollarda yakuniy matematik ifodalar, muhim grafiklar, diagrammalar va jadvallar keltiriladi.

3
3. Xulosa

7–9 ta kengaytirilgan umumiy natijalar va ish bo'yicha tavsiyalarni o'z ichiga oladi.

4
4. E’lon qilingan ishlar ro’yxati

Muallifning faqat dissertatsiya mavzusi bo'yicha ilmiy nashrlarda e'lon qilingan ishlarining ro'yxati. Doktorlik avtoreferatida uch bo'limda: monografiya va maqolalar; patentlar; to'plamlar va tezislar.

5
5. Rezyume

O'zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi kerak. Tayanch so'zlar; tadqiqot ob'ektlari; ishning maqsadi; tadqiqot metodlari; olingan natijalar va ularning yangiligi; amaliy ahamiyati; qo'llanish sohasi.

Avtoreferatning barcha nusxalarida oxirgi rezyumedan so’ng dissertantning imzosi bo’lishi shart. Dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan so’ng avtoreferatga o’zgartirishlar kiritish mumkin emas.