Pathways to obtaining an academic degree, dissertation and abstract requirements at JizPI
OAK Rayosatining «Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori (ro'yxat raqami 2893)
OAK Rayosatining «Ilmiy darajalar berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori (ro'yxat raqami 2894)
OAK Rayosatining «Ilmiy unvonlar berish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi qarori (ro'yxat raqami 2793-2)
OAK Rayosatining «Malakaviy imtihonlarni o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori (ro'yxat raqami 2764-1)
OAK Rayosatining «Ekspert kengashi to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar kiritish haqida»gi qarori (ro'yxat raqami 2443-2)
| № | Specialization Code | Specialization Name |
|---|---|---|
| 1 | 05.01.02 | Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash |
| 2 | 05.08.06 | G'ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish |
| 3 | 03.00.05 | Botanika |
| 4 | 11.00.05 | Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish |
| 5 | 05.06.02 | To'qimachilik materiallari texnologiyasi va xom-ashyoga dastlabki ishlov berish |
| 6 | 13.00.05 | Kasb-hunar ta'limi nazariyasi va metodikasi |
| 7 | 05.05.06 | Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari |
| 8 | 05.09.05 | Qurilish materiallari va buyumlari |
| 9 | 02.00.13 | Noorganik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi |
| 10 | 05.09.03 | Issiqlik ta'minoti, ventilyasiya, havoni kondisiyalash, gaz ta'minoti va yoritish |
Dissertatsiyaning asosiy qismi uning to'liq hajmining 70% dan kam bo'lmagan qismini tashkil etishi kerak. U bayonning mantiqiy strukturasidan kelib chiqib boblar va paragraflarga bo'linadi. Nomzodlik dissertatsiyasida 3 yoki 4 bob, doktorlik ishida esa 4 va undan ortiq bob bo'lishi mumkin. Har bir bob 2 va undan ortiq paragrafga ega bo'ladi.
Dissertatsiya quyidagi elementlarga ega bo'lishi kerak:
Titul varag'i dissertatsiya ishining birinchi sahifasi hisoblanadi va qat'iy belgilangan qoidalar bo'yicha to'ldiriladi. Yuqori maydonda o'quv yurti yoki ilmiy ish bajarilgan ilmiy tashkilotning to'liq nomi ko'rsatiladi.
Tadqiqotchi tadqiqot ob'ektini qisqa belgilaydi, muammo dolzarbligi, uning hozirgi vaqtdagi holati, muammoni hal qilishda mavjud qiyinchiliklarni qayd etadi, qo'yilgan ilmiy vazifa yoki yangi ishlanmalarning mohiyatini, shaxsiy tadqiqotlari maqsadi, yo'nalishlari, metodlari, boblar bo'yicha mazmunini bayon etadi.
Doctoral dissertation — no more than 250 pages; candidate's dissertation — no more than 120 pages. Format: A4, Word font 14, spacing 1.5. Margins: left — 30 mm, top — 25 mm, right — 15 mm, bottom — 25 mm.
Mazkur qoidalar OAK Rayosatining 1996 yil 25 yanvardagi 34/2 qarori bilan tasdiqlangan va O'zR Adliya vazirligida 1996 yil 10 iyulda 261-raqam bilan ro'yxatga olingan «Ilmiy darajalar berish tartibi to'g'risida Nizom» asosida ishlab chiqilgan.
Dissertatsiya matni kompyuterda WORDning 14 shriftida 1,5 intervalda A4 formatli standart oq qog'ozning bir tomonida yozilgan bo'lishi kerak. Chap — 30 mm, yuqori — 25 mm, o'ng — 15 mm, pastki — 25 mm.
Dissertatsiyaning barcha betlari titul betidan oxirgi betgacha tartib bilan raqamlanadi. Birinchi bet titul varagi hisoblanib, unga raqam qo'yilmaydi, keyingi betga «2» raqami qo'yiladi.
Bo'limlarning nomlanishi bosh harflar bilan yoziladi. Sarlavhani tagiga chizib yozishga ruxsat etilmaydi. Sarlavha oxirida nuqta qo'yilmaydi.
Dissertatsiya bo'limlari, bo'lim ichida paragraflar butun dissertatsiya bo'yicha arab raqamlari bilan belgilanadi. Kirish va xulosa qismlari raqamlanmaydi. Paragraf raqami oxirida nuqta qo'yiladi, masalan «2.3.».
Dissertatsiyaning har bir nusxasida titul varag'ida dissertantning imzosi bo'lishi kerak.
Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari ilmiy nashrlarda chop etilishi lozim. Doktorlik uchun ilmiy ishlarning umumiy soni 20 tadan, nomzodlik uchun 5 tadan kam bo'lmasligi kerak.
Dissertatsiya kengashga topshirilgandan keyin dissertatsiyada aniqlangan noaniqliklar va xatolarni tuzatish mumkin emas.
Kengash hay'at raisi tomonidan ochiladi. Tashrif qog'oziga asoslanib kengash a'zolariga kengashning huquqiyligi haqida xabar beriladi, dissertatsiya nomi, rasmiy opponent familiyalari, yetakchi tashkilot nomi ko'rsatib o'tiladi.
Ilmiy kotib tadqiqotchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosiy mazmuni va o'rnatilgan tartibga mosligi haqida qisqacha ma'ruza qiladi.
Dissertatsiya ishining natijalari haqida tadqiqotchiga so'z beriladi. Ilmiy ma'ruzada barcha hay'at a'zolariga tuzilish va uslubiyat jihatidan tushunarli bo'lishi muhim. Hay'at a'zolari qarama-qarshilikni nozik his qiluvchi yuqori kvalifikatsiyali olim va mutaxassislardir.
Himoyaning eng mas'uliyatli daqiqasi — ixtisoslashgan kengash a'zolarining savollariga tadqiqotchining javoblari. Agar savolga javob darrov kelmasa, buni xayajonlanganligingizdan ekanligini aytib, javob bering. Insonga xos xislatlar barcha kishilar tomonidan e'tiborga olinadi.
Tadqiqotchi javoblaridan so'ng so'z ilmiy rahbar yoki maslahatchiga beriladi, yetakchi tashkilot taqrizi, dissertatsiya va avtoreferatga kelgan boshqa taqrizlar eshittiriladi. So'ngra rasmiy opponentlar chiqadi.
Tadqiqotchining yakunlovchi so'zidan keyin ilmiy daraja berish masalasi bo'yicha yopiq ovoz beriladi. Kengashda ishtirok etuvchi ovoz berish huquqiga ega a'zolarining uchdan ikki qismi ovoz bersa, natija ilmiy daraja berish uchun ijobiy hisoblanadi.
Candidate's dissertation abstract — 1 printed sheet (16 pages, A4); doctoral dissertation abstract — 2 printed sheets (32 pages, A4). Typed in Word font 14, single spacing.
Muammoning dolzarbligi; muammoning o'rganilganlik darajasi; tadqiqot maqsadi; tadqiqot vazifalari; tadqiqot ob'ekti va predmeti; tadqiqot metodlari; himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar; ilmiy yangiligi; amaliy ahamiyati; natijalarning joriy qilinishi; ishning aprobatsiyasi; natijalarning e'lon qilinganligi; dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
Bajarilgan tadqiqotning bo'limlar bo'yicha qisqacha tavsifi. Zarur hollarda yakuniy matematik ifodalar, muhim grafiklar, diagrammalar va jadvallar keltiriladi.
7–9 ta kengaytirilgan umumiy natijalar va ish bo'yicha tavsiyalarni o'z ichiga oladi.
Muallifning faqat dissertatsiya mavzusi bo'yicha ilmiy nashrlarda e'lon qilingan ishlarining ro'yxati. Doktorlik avtoreferatida uch bo'limda: monografiya va maqolalar; patentlar; to'plamlar va tezislar.
O'zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi kerak. Tayanch so'zlar; tadqiqot ob'ektlari; ishning maqsadi; tadqiqot metodlari; olingan natijalar va ularning yangiligi; amaliy ahamiyati; qo'llanish sohasi.
The author's signature must appear after the last resume in all copies of the abstract. No changes may be made to the abstract after the dissertation has been accepted for defense.