Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko’maklashish dasturi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli «Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko’maklashish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaror.
Yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida ustuvor vazifalar belgilangan.
Biznes g’oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to’liq hamrohlik
Vakolatli banklar tomonidan qulay shartlarda moliyalashtirish
Startap va innovasion loyihalarga grant mablag’lari taqdim etish
Salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar va yirik korxonalarning mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash
Tanlov g’oliblarini individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash
Ishlab chiqarish ob’yektlarida amaliyot va chet eldagi qisqa muddatli o’quv kurslarida qatnashish
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasidan vakolatli banklarga 80 million AQSH dollari ekvivalenti.
Beg’araz asosda ajratiladigan mablag’lar — amaliyot va eng yaxshi startaplarga.
Dastur «O’zmilliybank» AJ tomonidan hududlarda, shu jumladan autsorsing asosida tashkil etiladigan «Kelajakka qadam» markazlari orqali amalga oshiriladi.
Barcha oliy ta’lim tashkilotlari Dastur ishtirokchilari hisoblanadi va Markazlar bilan hamkorlik kelishuvlarini tuzadi.
Salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar va yirik korxonalarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo’yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo’lga qo’yiladi.
Tanlov g’oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko’ra individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi.
Individual kasbiy ta’lim dasturlarida ishlab chiqarish ob’yektlarida amaliyot o’tash va chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o’quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.