UZ RU EN
PQ-61 — 2025-yil 14-fevral

«Kelajakka qadam» markazi

Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko’maklashish dasturi

80 mln $ Kreditlar uchun
20 mln $ Grant va amaliyot
10 yil Qaytarish muddati
3 yil Imtiyozli davr

Prezident qarorining maqsadi va asosi

PQ-61-son qaror

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli «Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko’maklashish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaror.

Yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, xususiy sektor va tijorat banklari ishtirokida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish maqsadida ustuvor vazifalar belgilangan.

«Kelajakka qadam» dasturining asosiy yo’nalishlari

A

Biznes g’oya egalari uchun

Bitiruvchi bosqich talabalari va oliygohni tamomlaganiga 3 yildan oshmagan bitiruvchilar

Biznes g’oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida to’liq hamrohlik

Vakolatli banklar tomonidan qulay shartlarda moliyalashtirish

Startap va innovasion loyihalarga grant mablag’lari taqdim etish

B

Ochiq tanlov va ish ta’minoti

Bitiruvchi bosqich talabalari — sohalar bo’yicha ochiq tanlovlar

Salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar va yirik korxonalarning mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash

Tanlov g’oliblarini individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash

Ishlab chiqarish ob’yektlarida amaliyot va chet eldagi qisqa muddatli o’quv kurslarida qatnashish

Moliyalashtirish shartlari

80 mln $
Kredit mablag’lari

Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasidan vakolatli banklarga 80 million AQSH dollari ekvivalenti.

10 yilga
3 yillik imtiyozli davr
Markaziy bank asosiy stavkasi bo’yicha
20 mln $
Grant mablag’lari

Beg’araz asosda ajratiladigan mablag’lar — amaliyot va eng yaxshi startaplarga.

Korxonada amaliyot xarajatlarini qoplash
Eng yaxshi startap va innovasion loyihalarga
Beg’araz — qaytarish talab etilmaydi

Dasturni amalga oshirish tartibi

1
Markazlar tashkil etilishi

Dastur «O’zmilliybank» AJ tomonidan hududlarda, shu jumladan autsorsing asosida tashkil etiladigan «Kelajakka qadam» markazlari orqali amalga oshiriladi.

2
Barcha OTMlar ishtirokchi

Barcha oliy ta’lim tashkilotlari Dastur ishtirokchilari hisoblanadi va Markazlar bilan hamkorlik kelishuvlarini tuzadi.

3
Ehtiyojni aniqlash

Salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar va yirik korxonalarning oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyojini aniqlash va mutaxassislarga qo’yiladigan talablarni shakllantirish amaliyoti yo’lga qo’yiladi.

4
Kasbiy tayyorgarlik

Tanlov g’oliblarini salohiyatli ish beruvchi tashkilotlar buyurtmasiga ko’ra individual kasbiy ta’lim dasturlari asosida kasbga dastlabki tayyorlash tadbirlari moliyalashtiriladi.

5
Amaliyot va xalqaro kurslar

Individual kasbiy ta’lim dasturlarida ishlab chiqarish ob’yektlarida amaliyot o’tash va chet eldagi oliy ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli o’quv kurslarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.

«Kelajakka qadam» dasturi haqida video

«Kelajakka qadam» — rasmiy video