Jizzax politexnika institutiga magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirish va qabul jarayoni haqida to’liq ma’lumot
Magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro’yxatdan o’tkazish vazirlikning rasmiy magistr.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.
Magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o’rtacha ko’rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo’yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida amalga oshiriladi.
2022/2023-o’quv yilidan boshlab magistraturaga qabul ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qo’shimcha imtihon o’tkazilmaydi.
Magistratura mutaxassisliklari hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.