UZ RU EN
International Relations

Xalqaro Faoliyat

Jizzax politexnika instituti 120 dan ortiq xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan barqaror hamkorlik olib boradi

120+
Xorijiy hamkor
10+
Erasmus+ loyiha
500+
Almashinuv talabalari
1000+
Almashinuv professor-o'qituvchilar
20+
Hamkor davlatlar

Xalqaro hamkorlik aloqalari

2006-yildan hozirgi kunga qadar

120+
Xorijiy hamkor universitetlar
10+
Erasmus+ (CBHE, KA 171, Horizon Europe, Mundus, Tempus) loyihalari
500+
Almashinuv talabalari (2024)
1000+
Xorijiy professor-o'qituvchilar almashinuvi

Jizzax politexnika instituti xalqaro hamkorlik faoliyatini 2004-yildan boshlab yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bugungi kunda 120 dan ortiq xorijiy universitetlar va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik olib bormoqda.

Institut Markaziy Osiyo, MDH, Yevropa, Yaqin Sharq, Osiyo-Tinch okeani davlatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari asosida faoliyat yuritmoqda.

Institut Erasmus+, ITEC, JICA, KOICA, Fulbright kabi xalqaro grant dasturlarida doimiy ishtirok etib kelmoqda.

Xalqaro hamkorlik bo'limi faoliyati davomida 500 nafardan ortiq talabalar xorijiy oliy ta‘lim muassasalarida almashinuv dasturlarida ishtirok etdi.

Ta'lim jarayoniga nufuzli hamkor universitetlardan 1000+ yuqori malakali xorijiy professor-o'qituvchilar dars jarayonlariga hamda amaliy mashg'ulotlarga jalb etildi.

Umumiy ma'lumot

Jizzax politexnika institutining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga xush kelibsiz. Biz global hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va madaniy almashinuvni rivojlantirishga intilamiz.

Shiorimiz: Bizning tashabbuslarimizga boqing va jo‘shqin xalqaro jamoa qurishda bizga qo‘shiling.

Bizning maqsadimiz: Bizning vazifamiz xorijiy universitetlar bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlash, xorijiy talabalarni va professror-o‘qituvchilarni ta’lim jarayonlariga jalb etish hamda global hamkorlik orqali akademik salohiyatni kuchaytirish.

Qadriyatlarimiz: Biz ta’lim jarayonida xilma-xillikni, global hamkorlikni va ta’lim sohasidagi mukammallikni qadrlaymiz.

Bo‘lim faoliyati va xalqaro loyihalardagi ishtirok

Xorijiy talabalarni jalb qilish: Biz inklyuziv ta’lim muhitini yaratish maqsadida, ta’lim jarayoniga xorijiy talabalarni faol ravishda jalb qilamiz.

Hamkorlik: So‘nggi yillarda institut xalqarolashuv yo‘liga o‘tib, sezilarli natijalarga erishdi. Natijada qisqa vaqt ichida Jizzax politexnika instituti dunyoning 80 dan ortiq universitetlari bilan o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi va hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Qilingan ishlar samarasi o‘laroq institut talabalari Rossiya, Belarus, Slovakiya, Polsha, Gretsiya, Avstriya, Vengriya, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida talabalar almashinuvi dasturi asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Bundan tashqari dars jarayonlariga muntazam ravishda xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb etilishi talabalarga xorijiy tajribalarni o‘rganish va kelajakda olingan bilimlarni o‘z sohalariga tadbiq etish imkoniyatini yaratmoqda. Shuningdek Jizzax politexnika instituti quyidagi Qozon federal universiteti, Don davlat texnika universiteti, “Moskva energetika instituti” milliy tadqiqot universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Changshu Texnologiyalar institute kabi nufuzli ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini ochishga erishgan.

Xorijiy til bilish darajasini monitoring qilish: Xalqaro hamkorlik bo‘limi institut talabalari va professor-o‘qituvchilarini xorijiy tillarni o‘rganish jarayonini kuzatib boradi va til sertifikatlarini qo‘lga kiritishlarida amaliy yordam korsatadi. Shuningdek, shuni ta’kidlash joizki, xorijiy talabalarni jalb qilish maqsadida institutning “Transport”, “Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya” hamda “Sanoat texnologiyalari” fakultetlarida mutaxassislik bo‘yicha fanlar ingliz tilida o‘qitiladigan guruhlar tashkil etilgan.

Xalqaro loyihalar: 2008-yildan beri Jizzax politexnika instituti Yevropa Ittifoqining Tempus va Erasmus+ grant loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqda (Tempus (CAD/CAM/CAE, Engitec, HIGHVEC), Erasmus+ (Intras-intelektual transport tizimlari: Aktga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura dasturi, TRIGGER, REILEAP, DEBSEUz, TEX4FUTURE, GREENDT)). Mazkur loyihalarni amalga oshirishda faqatgina institut professor-o‘qituvchilar jalb etilib qolmay, balki institut talabalari ham faol ravishda jalb etiladi. Jizzax politexnika instituti an’anaviy ta’lim doirasidan tashqariga chiqqan va barqaror rivojlanish va sanoat sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yetakchi o‘rinlarda turuvchi oliygohlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Institut hududida faoliyat yuritayotgan muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi hamda O‘zbekistondagi BYD avtomobil ishlab chiqarish sohasida yetakchi kompaniyasi, Djizzakh Sement, Jizzakh ADM avtomobil zavodi, Knauf Buxoro qurilish materiallari korxonasi, Roison Electronics, Bazalt Wool, Jizzakh Kenteks, JAZ Bateery kabi korxonalar bilan hamkorlik tufayli talabalar real loyihalarda ishtirok etib, O‘zbekiston iqtisodiyoti yuksalishiga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Xalqaro reytinglar: Hozirda institut xalqaro reytinglardagi o‘z mavqeiga alohida ahamiyat qaratmoqda. 2025-yilda Jizzax politexnika instituti “QS Asia University Rankings 2025” eng yaxshi Osiyo universitetlari reytingida 851-900 o‘rinni egalladi. 2024-yilgi, “THE” xalqaro universitetlar reytinglash agentligining “Impact Ranking” yo‘nalishi bo‘yicha 1501+ o‘rinni egalladi va The World Universities Rankings 2025 uchun “Reporter” maqomini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, institut UI Green Metric reytingida dunyoda 370-oʻrinni va Oʻzbekiston universitetlari orasida 4-oʻrinni egalladi, bu uning ekologik barqarorlikka befarq emas ekanligini ko‘rsatadi.

Video lavhalar

Xalqaro faoliyatga oid video materiallar

Markaziy Osiyo

3 ta yo'nalish

Jizzax politexnika instituti Markaziy Osiyo davlatlari bilan ilmiy-ta’limiy hamkorlikni faol rivojlantirib kelmoqda. Institut Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu hamkorliklar akademik almashinuv, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar va innovatsion loyihalarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu hamkorliklar mintaqaviy integratsiyani mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilarning xalqaro tajribasini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Markaziy Osiyo

Ushbu bo‘limdagi havolalar

MDH / Sharqiy Yevropa

2 ta yo'nalish

Jizzax politexnika instituti Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Institut Rossiyaning Tyumen sanoat universiteti, Qozon Federal universiteti, Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Don davlat texnika universiteti, Saratov davlat texnika universiteti, Kuzbass davlat texnologiya universiteti, Sankt-Peterburg elektrotexnika universiteti (LETI), Ural Federal universiteti, Penza davlat arxitektura va qurilish universiteti, Ivanovo davlat kimyo-texnologiyalar universiteti hamda Moskva davlat qurilish universiteti kabi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.

Shuningdek, Belarus Respublikasida Brest davlat texnika universiteti, Belarus milliy texnika universiteti, Belarus davlat transport universiteti hamda Vitebsk davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Ushbu hamkorliklar akademik almashinuv, ilmiy tadqiqotlar va qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida amalga oshirilmoqda.

MDH / Sharqiy Yevropa

Ushbu bo‘limdagi havolalar

Yevropa davlatlari

8 ta yo'nalish

Jizzax politexnika instituti Yevropa davlatlari bilan xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlikni izchil rivojlantirib bormoqda. Institut Gretsiya, Vengriya, Polsha, Italiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Slovakiya, Ispaniya va Portugaliyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Xususan, Gretsiyaning Krit texnika universiteti, Vengriyaning Obuda universiteti, Jon fon Neyman universiteti hamda Seged universiteti (University of Szeged), Polshaning Rzeszów Texnologiya Universiteti va Kielce universiteti, Italiyaning Parma universiteti va Kalyari universiteti, Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti, Germaniyaning G‘arbiy Sakson amaliy fanlar universiteti hamda Zittau–Görlitz amaliy fanlar universiteti, Slovakiyaning Žilina universiteti (University of Žilina), Portugaliyaning Instituto Politécnico de Viana do Castelo va Universidade de Aveiro, shuningdek Ispaniyaning Universidad de Vigo, Universidade de Évora hamda Universidad Politécnica de Madrid universitetlari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur hamkorliklar doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlari, jumladan Erasmus+ loyihalari asosida o‘quv va ilmiy stajirovkalar tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xalqaro konferensiyalar, seminar va treninglarda ishtirok etish imkoniyatlari kengaymoqda.

Yevropa universitetlari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik institutda ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda ilmiy salohiyatni oshirishga xizmat qilmoqda. Ushbu hamkorliklar orqali talabalar zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan birga, xalqaro tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Yevropa davlatlari

Ushbu bo‘limdagi havolalar

Yaqin Sharq davlatlari

3 ta yo'nalish

Jizzax politexnika instituti Yaqin Sharq davlatlari bilan xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlikni faol rivojlantirib bormoqda. Institut Turkiya, Eron va Ozarbayjonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Xususan, Turkiyaning Ege universiteti, Karamanog‘lu Mehmetbey universiteti, Izmir texnologiya instituti, Kayseri universiteti, Anadolu universiteti, Erzurum texnika universiteti, Sakarya amaliy fanlar universiteti, Istanbul texnika universiteti, Anqara Yildirim Beyazit universiteti, Yeditepe universiteti, Hacettepe universiteti, Karadeniz texnika universiteti, Uskudar universiteti hamda Bartin universiteti bilan hamkorliklar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Eronning Tehron universiteti, Eron fan va texnologiya universiteti, Xo‘ja Nasiruddin Tusi nomidagi texnologiya universiteti va Sharif texnologiya universiteti, hamda Ozarbayjonning Ozarbayjon texnika universiteti bilan ham samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur hamkorliklar doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar, seminar va treninglar tashkil etilmoqda.

Ushbu hamkorliklar institutning ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda xalqaro tajribani kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Yaqin Sharq davlatlari

Ushbu bo‘limdagi havolalar

Osiyo-Tinch okeani davlatlari

4 ta yo'nalish

Jizzax politexnika instituti Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlikni faol rivojlantirib bormoqda. Institut Xitoy Xalq Respublikasi, Malayziya, Janubiy Koreya va Pokiston Islom Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Xususan, Xitoyning Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti, Jiangnan universiteti, Suzhou texnologiya universiteti, Shihezi universiteti, Hefei texnologiya universiteti hamda Nankin transport texnologiyasi kasb-hunar instituti bilan hamkorliklar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Malayziyaning INTI xalqaro universiteti, Tun Hussein Onn Malaysia universiteti, Malaya universiteti va Malayziya xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi (ICCCM), Janubiy Koreyaning Sun Moon universiteti, Seul milliy fan va texnologiya universiteti hamda Kunjang universitet kolleji, Pokistonning Milliy to‘qimachilik universiteti (Faysalabad) bilan ham samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur hamkorliklar doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik almashinuv dasturlari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, xalqaro konferensiyalar, seminar va treninglar tashkil etilmoqda.

Ushbu hamkorliklar institutning ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish hamda xalqaro tajribani kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Osiyo-Tinch okeani davlatlari

Ushbu bo‘limdagi havolalar

Universitet Reytinglari

3 ta yo'nalish

Jizzax Politexnika Instituti xalqaro universitet reytinglarida barqaror ravishda o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda. Institutning global va mintaqaviy reytinglardagi natijalari uning ta’lim sifati, ilmiy salohiyati, hamda xalqaro faoliyatining o‘sishini aniq ko‘rsatadi.

QS World University Rankings

Institut QS Asian University Rankings – Central Asia reytingida 59-o‘rinni egallagan. Shuningdek, QS Asian University Rankings umumiy ro‘yxatida 851–900 oralig‘ida qayd etilgan.

UI GreenMetric World University Rankings

Barqaror rivojlanish va ekologik samaradorlik yo‘nalishida institutning natijalari ijobiy baholangan. Xususan, UI GreenMetric World University Rankings 2025 reytingida institut 394-o‘rinni, 2024-yilda esa 370-o‘rinni egallagan.

Times Higher Education (THE) Rankings

Institut Times Higher Education World University Rankings 2026 reytingida “Reporter” maqomida ishtirok etmoqda. Umumiy reyting ko‘rsatkichi 1501+ darajasida qayd etilgan.

THE Impact Rankings SDG

Institut barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bo‘yicha ham xalqaro reytinglarda ishtirok etmoqda:

Mazkur natijalar institutda ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion faoliyat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatadi.

Universitet Reytinglari

Ushbu bo‘limdagi havolalar

Xalqaro aloqalar bo‘limi Bo‘lim boshlig‘i ma‘lumotlari
Eshqulov Muhriddin Urozboy o'g'li
Bo'lim boshlig'i
Eshqulov Muhriddin Urozboy o'g'li
Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi
Qabul vaqti
seshanba, chorshanba va juma kunlari 14:00-16:00 gacha.
Elektron pochta
m.eshkulov@alumni.nsu.ru
Umumiy ma'lumot

Jizzax politexnika institutining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga xush kelibsiz. Biz global hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va madaniy almashinuvni rivojlantirishga intilamiz.

Shiorimiz: Bizning tashabbuslarimizga boqing va jo‘shqin xalqaro jamoa qurishda bizga qo‘shiling.

Bizning maqsadimiz: Bizning vazifamiz xorijiy universitetlar bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlash, xorijiy talabalarni va professror-o‘qituvchilarni ta’lim jarayonlariga jalb etish hamda global hamkorlik orqali akademik salohiyatni kuchaytirish.

Qadriyatlarimiz: Biz ta’lim jarayonida xilma-xillikni, global hamkorlikni va ta’lim sohasidagi mukammallikni qadrlaymiz.

Bo‘lim faoliyati va xalqaro loyihalardagi ishtirok

Xorijiy talabalarni jalb qilish: Biz inklyuziv ta’lim muhitini yaratish maqsadida, ta’lim jarayoniga xorijiy talabalarni faol ravishda jalb qilamiz.

Hamkorlik: So‘nggi yillarda institut xalqarolashuv yo‘liga o‘tib, sezilarli natijalarga erishdi. Natijada qisqa vaqt ichida Jizzax politexnika instituti dunyoning 80 dan ortiq universitetlari bilan o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi va hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Qilingan ishlar samarasi o‘laroq institut talabalari Rossiya, Belarus, Slovakiya, Polsha, Gretsiya, Avstriya, Vengriya, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida talabalar almashinuvi dasturi asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Bundan tashqari dars jarayonlariga muntazam ravishda xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb etilishi talabalarga xorijiy tajribalarni o‘rganish va kelajakda olingan bilimlarni o‘z sohalariga tadbiq etish imkoniyatini yaratmoqda. Shuningdek Jizzax politexnika instituti quyidagi Qozon federal universiteti, Don davlat texnika universiteti, “Moskva energetika instituti” milliy tadqiqot universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Changshu Texnologiyalar institute kabi nufuzli ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini ochishga erishgan.

Xorijiy til bilish darajasini monitoring qilish: Xalqaro hamkorlik bo‘limi institut talabalari va professor-o‘qituvchilarini xorijiy tillarni o‘rganish jarayonini kuzatib boradi va til sertifikatlarini qo‘lga kiritishlarida amaliy yordam korsatadi. Shuningdek, shuni ta’kidlash joizki, xorijiy talabalarni jalb qilish maqsadida institutning “Transport”, “Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya” hamda “Sanoat texnologiyalari” fakultetlarida mutaxassislik bo‘yicha fanlar ingliz tilida o‘qitiladigan guruhlar tashkil etilgan.

Xalqaro loyihalar: 2008-yildan beri Jizzax politexnika instituti Yevropa Ittifoqining Tempus va Erasmus+ grant loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqda (Tempus (CAD/CAM/CAE, Engitec, HIGHVEC), Erasmus+ (Intras-intelektual transport tizimlari: Aktga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura dasturi, TRIGGER, REILEAP, DEBSEUz, TEX4FUTURE, GREENDT)). Mazkur loyihalarni amalga oshirishda faqatgina institut professor-o‘qituvchilar jalb etilib qolmay, balki institut talabalari ham faol ravishda jalb etiladi. Jizzax politexnika instituti an’anaviy ta’lim doirasidan tashqariga chiqqan va barqaror rivojlanish va sanoat sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yetakchi o‘rinlarda turuvchi oliygohlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Institut hududida faoliyat yuritayotgan muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi hamda O‘zbekistondagi BYD avtomobil ishlab chiqarish sohasida yetakchi kompaniyasi, Djizzakh Sement, Jizzakh ADM avtomobil zavodi, Knauf Buxoro qurilish materiallari korxonasi, Roison Electronics, Bazalt Wool, Jizzakh Kenteks, JAZ Bateery kabi korxonalar bilan hamkorlik tufayli talabalar real loyihalarda ishtirok etib, O‘zbekiston iqtisodiyoti yuksalishiga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Xalqaro reytinglar: Hozirda institut xalqaro reytinglardagi o‘z mavqeiga alohida ahamiyat qaratmoqda. 2025-yilda Jizzax politexnika instituti “QS Asia University Rankings 2025” eng yaxshi Osiyo universitetlari reytingida 851-900 o‘rinni egalladi. 2024-yilgi, “THE” xalqaro universitetlar reytinglash agentligining “Impact Ranking” yo‘nalishi bo‘yicha 1501+ o‘rinni egalladi va The World Universities Rankings 2025 uchun “Reporter” maqomini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, institut UI Green Metric reytingida dunyoda 370-oʻrinni va Oʻzbekiston universitetlari orasida 4-oʻrinni egalladi, bu uning ekologik barqarorlikka befarq emas ekanligini ko‘rsatadi.

Bo'lim xodimlari