UZ RU EN
Kengashlar

Vasiylik Kengashi

Vasiylik Kengashi to'g'risida Namunaviy Nizom

Jizzax politexnika institutining 2014 yil 4 iyundagi 152-AF sonli buyrug'iga ilova

I

Umumiy qoidalar

1.

Ushbu Namunaviy nizom Jizzax politexnika institutining vasiylik kengashi faoliyatini tartibga soladi.

2.

Jizzax politexnika institutining vasiylik kengashi (keyingi o'rinlarda Kengash deb ataladi) institutning jamoatchilik boshqaruvi organlaridan biri xisoblanadi.

3.

Kengash yuridik shaxs xisoblanmaydi. Kengash o'z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

4.

Kengash o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy nizomga hamda boshqa qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

5.

Ta'lim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini samarali amalga oshirish, ta'lim sifatini yaxshilash, institutning moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashga ta'lim jarayonini takomilashtirish Kengashning asosiy maqsadlari xisoblanadi.

6.

Kengash tarkibiga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, xomiylar, shuningdek institutning faoliyatini takomilashtirish va rivojlantirishdan manfaatdor bo'lgan boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga kirishi mumkin.

7.

Kengashning tarkibi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

8.

Kengash to'g'risidagi Nizom ushbu Namunaviy nizom talablarini xisobga olgan xolda Kengash tomonidan tasdiqlanadi.

II

Kengashning vazifalari va vakolatlari

9.

Qo'yidagilar Kengashning asosiy vazifalari xisoblanadi:

  • Institutni moddiy-texnika, o'quv-metodik bazasini mustaxkamlash, ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash;
  • Ta'lim jarayonini xamda talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish;
  • Bakalavrlar va magistrlar tayyorlash sifatini hamda ilmiy tadqiqotlar samaradorligini baxolash;
  • Ta'lim jarayoni sifati va natijadorligini oshirish;
  • Institutda ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish;
  • Iqtidorli talabalarga stipendiyalar ajratish, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash;
  • O'qitishning ilg'or shakllari va metodlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • Iqtidorli talabalarni etakchi xorijiy ta'lim muassasalariga tajriba orttirishga yuborish.
10.

Kengash o'ziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida zarur ma'lumotlar va axborotlarni belgilangan tartibda oladi, institutning ish rejalarini muhokama etishda qatnashadi, institut faoliyatini takomillashtirish bo'yicha davlat organlariga murojaat qiladi.

III

Kengash faoliyatini tashkil etish

11.

Kengashda ishtirok etishning ixtiyoriyligi va Kengash vakolatiga tegishli masalalarni xal etishda uning barcha a'zolarining teng xuquqliligi tamoyillari asosida shakllantiriladi. Institut rektori lavozimiga ko'ra Kengash a'zosi xisoblanadi.

12.

Kengash raisi va uning o'rinbosari Kengashning birinchi tashkiliy majlisida saylanadi. Kengash o'z vakolatlarini institutning rektoriga berish xuquqiga ega emas.

13.

Kengash raisi: majlis kun tartibini belgilaydi va uni chaqiradi; qarorlarni tasdiqlaydi; yillik ish rejasini tasdiqlaydi; davlat organlari va tashkilotlarda Kengash nomidan vakillik qiladi.

16.

Kengash o'z majlislarini zaruriyatga ko'ra, biroq yil choragida kamida bir marta o'tkazadi.

17.

Kengash majlisi unda Kengash a'zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda xuquqiy vakolatli xisoblanadi.

IV

Qarorlar qabul qilish

21.

Kengash qarori Kengashning majlisda qatnashgan a'zolarining oddiy ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo'lgan taqdirda Kengash raisining ovozi xal qiluvchi xisoblanadi.

22.

Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va bir xafta muddatda Kengash a'zolariga yuboriladi.

V

Kengash mablag'lari

26.

Kengash mablag'lari vakillari Kengash a'zolari xisoblanadigan tashkilotlarning xayriya ehsonlari va ixtiyoriy badallari shaklida shakllantiriladi.

27.

Kengash mablag'laridan Kengashning maqsadlari, vazifalari va vakolatlarini amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin.

33.

Kengash mablag'laridan to'g'ri, maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. Nazorat uchun Kengash tomonidan nazorat-taftish komissiyasi tayinlanadi.

VI

Kengash faoliyatini tugatish

37.

Kengashni tarqatib yuborish tasarrufida tegishli oliy ta'lim muassasasi bo'lgan vazirliklar va idoralarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.

38.

Kengash tarqatib yuborilgan taqdirda uning mablag'lardan boshqarish bo'yicha vakolati vaqtincha institutning Kengashiga beriladi.