Oʼzbekiston Respublikasining uchta yirik oliy taʼlim muassasasi filiallarini birlashtirish asosida vujudga kelgan.
JizPI oʼz faoliyatida quyidagi hujjatlarga amal qiladi:
JizPI yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvda oʼzigʼa xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk boʼyicha oʼz majburiyatlariga muvofiq javob beradi.
Oʼz nomidan mol-mulk sotib olishi, mulkiy va nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʼishi mumkin.
Oliy taʼlimning asosiy va qoʼshimcha taʼlim dasturlarini amalga oshiradi. Oʼquv-pedagogik, ilmiy-metodik faoliyat va taʼlim xizmatlarini koʼrsatadi.
Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va valyuta hisob raqamlariga ega. Oʼz majburiyatlarini bajarish uchun toʼliq mustaqillikka ega.
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʼz nomi yozilgan muhr, shtamplar va boshqa zaruriy rekvizitlarga ega.
Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligiga qarashli davlat oliy taʼlim muassasasi boʼlib, vazirlik tashkiliy tuzilmasiga kiradi.