JizPI yosh olimlarini birlashtiruvchi kollegial organ
Jizzax politexnika instituti Yosh olimlar kengashi yosh olimlarni o‘zaro birlashtirish va ularning manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.
JizPI Yosh olimlar kengashi (YOK) – doimiy faoliyat yurituvchi kollegial organ bo‘lib, JizPIning yosh olimlari vakillaridan tashkil topgan va o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi.
18-35 yoshgacha bo‘lgan JizPI mustaqil izlanuvchilari, doktorantlari, shuningdek professor-o‘qituvchilari YOK a‘zolari bo‘lib hisoblanadi.
Yosh olimlar manfaatlarini himoya qilish
Yosh olim va mutaxassislarning professional o‘sishi va jamoatchilik ishida faolligini oshirish
Ilmiy muammolar echimini topishda birlashtirish
Yosh olimlarning innovatsiya faoliyatini rivojlantirish
Ilmiy natijalarni ommalashtirish va yoshlarni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish