Телефон доверия: +998 72 223-45-67   |   info@jizpi.uz
UZ | RU | EN

22-dekabr, 2025-yil

Jizzax akkumulyator zavodida institut kafedrasining filiali ochildi

“Jizzax akkumulyator zavodi” AJ bazasida tashkil etilgan Jizzax politexnika instituti “Kimyo muhandisligi” kafedrasi filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 


Yangi filialda “Kimyo muhandisligi”, “Metallurgiya muhandisligi”, “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” yo‘nalishlari hamda “Kelajak akkumulyator ishlab chiqarish muhandisligi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. 


Ushbu filial zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda.


Bir soʻz bilan aytganda, filial talaba-yoshlar uchun real ishlab chiqarish muhitida bilim va ko‘nikma olish uchun mustahkam platforma bo‘lib xizmat qiladi.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur hamkorlik yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etishda muhim qadam ekanini ta’kidlashdi. 


Institut amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, talabalar uchun amaliy bilim va tajriba imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Yangilik rasm
Yangilik rasm
Yangilik rasm
Yangilik rasm