Ishonch telefoni: +998 72 223-45-67   |   info@jizpi.uz
UZ | RU | EN

22-dekabr, 2025-yil

Talaba-yoshlar ishtirokida Zafarobod tumanidagi jazoni ijro etish manzil-koloniyasiga tashrif tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-sonli Farmoni ijrosi doirasida, bugun 3-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazining 30-sonli manzil-koloniyasiga Jizzax politexnika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova boshchiligida institut talaba-yoshlari tashrif buyurdi.


Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — giyohvandlik va narkojinoyatchilikning og‘ir oqibatlarini yoshlar ongiga chuqur singdirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda talaba-yoshlarda ijtimoiy mas’uliyatni yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.


Tashrif jarayonida talaba-yoshlarmanzil-koloniyasida mahkumlarni jamiyatga qayta moslashtirishga qaratilgan reabilitatsiya hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mahkumlar jinoyat yo‘liga kirib qolish sabablari, giyohvandlikning inson hayotini izdan chiqaruvchi vayronkor ta’siri, pushaymon va og‘ir oqibatlar haqida real hayotiy misollar keltirib o'tildi.


Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan talaba-yoshlarga jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik ishlar, mutasaddi tashkilotlar hamkorligi, jamiyatdagi barqarorlikni ta’minlashda yoshlarning mas’uliyati haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.


S. Eshbekova ushbu tashrifning nafaqat amaliy, balki tarbiyaviy ahamiyati ham nihoyatda yuqori ekanini ta’kidlab, talaba-yoshlarni hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga, sog‘lom fikr va mustahkam iroda bilan jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chaqirdi.

Yangilik rasm
Yangilik rasm
Yangilik rasm
Yangilik rasm