Ishonch telefoni: +998 72 223-45-67   |   info@jizpi.uz
UZ | RU | EN

22-dekabr, 2025-yil

Giyohvandlikka qarshi kurashishga har birimiz mas’ulmiz

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi N.Abduraxmonov, bo‘lim boshliqlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda boshqa xodimlar ishtirok etdi. 


Uchrashuv davomida ishtirokchilarga Prezidentimizning 2025-yil 8-noyabr sanasidagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-207 farmoni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.


Farmonda belgilangan vazifalar va ularning ijrosini institut miqyosida sifatli ta’minlash choralari haqida so‘z yuritildi. 


Yoshlarimizni bu kabi illatlardan asrash yo‘llari muhokama qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Yangilik rasm
Yangilik rasm
Yangilik rasm
Yangilik rasm