2025-yil 4-dekabr kuni Jizzax politexnika institutining tashqi aloqalarini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim voqea ro‘y berdi. Oʻzsanoatqurilishbankning sho‘ba korxonasi bo‘lgan “SQB Ventures” MCHJ direktori T.Bekmullin Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurdi va strategik hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlikdan koʻzlangan asosiy maqsad Jizzax politexnika instituti hamda “SQB Ventures” MCHJ o’rtasida sherikchilik aloqalarini o‘rnatish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Mazkur hamkorlik institutimiz talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun yangi amaliyot, tadqiqot hamda innovatsion loyihalarni yo‘lga qo‘yishda katta imkoniyatlar eshigini ochadi.