Hotline: +998 72 223-45-67   |   info@jizpi.uz
UZ | RU | EN

22-dekabr, 2025-yil

Jizzax politexnika institutida sun’iy intellekt texnologiyalari bo'yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika institutida talabalarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, raqamli savodxonligini oshirish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish maqsadida "Sun’iy intellekt texnologiyalari orqali yuksak marralar sari" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.


Institut konferensiyalar zalida o‘tkazilgan tadbirda Sun’iy intellekt departamenti direktori o‘rinbosari S. Ro‘zimov, AT departamenti Loyiha ofisi rahbari M. Nuritdinov, shuningdek, Osnova edtech va Alpha Business School asoschisi A. Chekhov, XCDM va BAL kompaniyalari katta dasturchisi A. Nematov, institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori J.Abdunazarov ishtirok etdi.


 Seminar davomida:

 AI texnologiyalarining mohiyati va turlari;

 ularning sanoat, ta’lim va biznesdagi qo‘llanilishi;

 ChatGPT, KotibAI, NotebookLM kabi zamonaviy AI vositalardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar taqdim etildi.

Yangilik rasm
Yangilik rasm
Yangilik rasm
Yangilik rasm

Tadbir yakunida o‘tkazilgan savol-javoblar talabalarga o‘z sohalarida AI imkoniyatlarini qo‘llashga doir aniq yo‘nalishlar berdi hamda innovatsion fikrlashni kuchaytirishga xizmat qildi.