Qabul jarayoni haqida muhim ma‘lumotlar
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab qabul bo‘yicha imtihonlar «avval test, so‘ng tanlov» tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
1-bosqichda abituriyentlar: fanlar majmuasi, ta‘lim tili, test topshirish alifbosi va test topshirish hududini tanlaydi.
Test sinovlari yakunlanganidan so‘ng 15 kun davom etadi. Abituriyentlar OTM, ta‘lim yo‘nalishi, ta‘lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan 5 tagacha bakalavr ta‘lim yo‘nalishlarini hamda barcha ta‘lim shakllarini bir vaqtda tanlash huquqi beriladi.
A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi. B+, B, C+, C darajali sertifikat egalariga proporsional ball beriladi.
Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Savollar kitobchasidan qoralama sifatida foydalanish mumkin.
Test topshiriqlari belgilangan muddatdan oldin bajarilgandan so‘ng materiallar nazoratchiga topshiriladi va hududdan chiqib ketiladi.
Binoga faqat abiturient ruxsatnomasi va pasport bilan kirish mumkin. 1-smena soat 07:30 gacha, 2-smena soat 13:30 gacha.
Binoga mikrokalkulyator, lug‘at, uyali telefon, kompyuter va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirish TAQIQLANADI.
Test materiallarini boshqa abituriyentga uzatish yoki ularga yordam berish TAQIQLANADI.
Belgilangan vaqt tugaguniga qadar guruhdan chiqish TAQIQLANADI.