Jizzax Politexnika Instituti fakultetlari haqida ma'lumot
Ma'lumot yo'q
Kibersport fakulteti tarixi
O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus ta'lim vazirligining 2017 yil 9-sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5- sentyabrdagi 699-son qarori ijrosini ta'minlash to'g'risida" gi 650-son buyrug'iga asosan yangi "SERVIS" fakulteti tashkil topdi.
Servis fakultetiga qarashli kafedralar
Logistika va servis kafedrasi–kafedra mudiri t.f.f.d., Djiyanboyev Sirojiddin Valiyevich Transport logistikasi kafedrasi haqida ma'lumot Jizzax politexnika institutning "Servis" fakulteti tarkibidagi "Transport logistikasi" kafedrasi 2017-yilda "Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi" nomi bilan tashkil qilindi. Ushbu davrda katt. o'q. F.Isroilov raxbarlik qilgan. Kafedra "Avtotransport korxonalarida texnik ekspluatatsiya jarayonida avtomobillar faoliyati samaradorligi hamda xavfsizligini ta'minlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish", "Avtomobil transport vositalaridan ajralib chiqadigan chiqindi gazlarning atrof muxitga tarqalish qonuniyatini va ularning atmosfera havo balansiga ta'sirini asoslash", "Innovatsion ta'lim texnologiyalari asosida bo'lajak bakalavrlarni kasbiy tayyorlashning ilmiy nazariy asoslari" yo'nalishlari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. Shuningdek, t.f.f.d S.V.Djiyanbaev mahalliy neft xomashyolaridan chiquvchi chiqindilarga qayta ishlov berib avtomobil va temiryo'l transportida uzatmalar qutisida foydalanish uchun surkov moylarini olish bo'yicha ilmiy ishlarni amalga ochirib, qator patent va ilmiy yutuqlarga erishgan. Hozirgi kunda kafedrada katt.o'q. S.Qosimov "Elektron ta'lim trenajorlarini loyihalash va ulardan foydalanish metodikasi", katt.o'q. Qarshiboyev Sh.E. "Texnika oliy ta'lim muassasalarida talabalarning maxsus kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi (Yo'lovchilarni tashishning zamonaviy texnologiyalari fani misolida), Axmedov Z.S. "Hududiy transport logistikasi sohasini boshqarishning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish" mavzularida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shuni alohida ta'kidlash joizki, kafedra xalqaro va mahalliy loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega bo'lib, jumladan, 2017-2021-yillarda xalqaro "INTRAS" loyihasini amalga oshirdi va kafedrada "Intellektual transport tizimlari" mutaxassisligi bo'yicha yangi magistratura yo'nalishi ochildi. 2021-yilda Rossiyaning "SIMETRA" kompaniyasi bilan hamkorlikda "Samarqand shahar transport aglomeratsiyasi uchun yo'lovchilar oqimini o'rganish" loyihasini amalga oshirdi. Kafedrada 30 dan ortiq professor-o'qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra mudiri t.f.f.d. S.V.Djiyanbaev, dots. M. Raxmatullayev, katt.o'qt. F.Isroilov, katt.o'qt. S.Qosimov, katt.o'qt. M.Eshonqulov, katt.o'qt. Sh.Qarshiboyev, katt.o'qt. X.Tog'ayev, katt.o'qt. Sh.Xoshimova, ass.Z.Axmedov, ass.B.Yo'ldoshyev, ass.A.Nishonov, ass. B.Turatov, ass. I.Safarov, ass. D.Kuchimova kabi qator malakali fan o'ituvchilar faoliyat yuritmoqda. S.Djiyanbaev ilmiy faoliyati davomida 1 ta darslik, 4 ta o'quv qo'llanma, darslik va broshyuralar, 30 dan ortiq ilmiy maqola, Germaniya, Angliya, Ozarbayjon, Slovakiya, Avstriya kabi Yevropaning ko'plab rivojlangan davlatlarida malaka oshirib kelgan. BAKALAVRIAT
5620100 Transport logistikasi (TL)
5610100 Xizmatlar sohasi (AT)
5320200 Mashinasozlik texnologiyasi, mashina ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish (MT,MIChJ va A)
MAGISTRATURA
5A310609 – Intellektual transport tizimlari (avtomobil transporti)
Ma'lumot yo'q
Qurilish muhandusligi fakulteti tarixi
Mustaqillikdan keyin, 1992-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, alohida mustaqil Jizzax politexnika institutiga aylantirildi. 1977-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax “Umumtexnika” fakulteti tashkil etildi. 1980-yilda u Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat ko‘rsatib, bunda asosan, “Sanoat va fuqaro qurilishi”, “Qurilish buyumlarini ishlab chiqarish” mutaxassisliklari bo‘yicha bugungi kunga qadar respublikamiz va viloyatimiz xalq xo‘jaligiga ko‘plab mutaxassislar yetkazib berdi. Bu vaqtga kelib institut tarkibiga Toshkent avtomobil yo‘llari institutning Jizzaxdagi “Umumtexnika”, Toshkent Kimyo texnologiya institutining Jizzax “Umumtexnika” fakultetlari ham birlashtirilib Jizzax politexnika instituti tarkibida 4 ta fakultet faoliyat ko‘rsata boshladi. Bular: “Qurilish muhandisligi”, “Muhandislik iqtisodiyoti”, “Avtomexanika”, “Kimyo texnologiya”, “Kechki-sirtqi” fakultetlari shular jumlasidandir. Hozirgi “Arxitektura va qurilish” fakulteti 2014-yil 12-iyundagi “Vazirlar Mahkamasining Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida 2012-yil 29- iyundagi 187-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 157-son qarori, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 14-iyundagi 229-sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida, “Binolar va muhandislik inshootlari injineringi” nomi bilan “Avtotransport” hamda institutning “Sanoat texnologiyasi va qurilish” fakulteti bazasida “Sanoat texnologiyasi” fakultetlari tashkil etildi. Jizzax viloyatining ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish orqali mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, Jizzax erkin industrial zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilgan korxonalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, respublika hududlarida arxitektura va qurilish sohasi xodimlari kasb darajasi va malakasini zamonaviy talablarga muvofiq muntazam oshirib borish tizimini joriy etish, shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 5-sentyabrdagi 699-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2017-yil 17- sentyabrdagi 650-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida “Arxitektura va qurilish”, “Sanoat texnologiyalari”, “Avtotransport”, “Elektromexanika va radioelektronika”, “Servis” fakultetlari tashkil topdi. 2024-yilda Jizzax Politexnika institutida struturaviy o’zgarishlar amalga oshirildi. Shunga asosan Arxitektura va qurilish fakulteti Qurilish muhandisligi fakulteti deb nomlandi. Hozirda “Qurilish muhandisligi” fakultetini dekani Berdiqulov Azzam Mardonovich boshqarib kelmoqda. Sultanov Mansur G‘aniyevich “Qurilish muhandisligi” fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari. Saidov Jasurbek Zafar o‘g‘li “Qurilish muhandisligi” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
« Qurilish muhandisligi » fakulteti tarkibi
« Qurilish muhandisligi » fakulteti tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
1. “Qurilish muhandisligi” kafedrasi, kafedra mudiri dotsent Aliyev Mashrab Raxmonqulovich.
2.“Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi, kafedra mudiri i.f.n. dotsent Sultonov Akmal Obidovich .
3. “Qurilish materiallari va konstruksiyalari” kafedrasi, kafedra mudiri t.f.n. dotsent Berdiyev Obloqul Boboqulovich.
4. “Yo‘l muhandisligi” kafedrasi, kafedra mudiri t.f.d. prof., Ganiyev Inomjon G‘ulomovich.
5."Arxitekturaviy loyihalash" kafedrasi, kafedra mudiri Kuldashev Ergash Nurmurzayevich
« Qurilish muhandisligi » fakulteti ta’lim yo’nalishlari
Fakultetda kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha 6 ta ta’lim yo’nalishlari:
1. 60730300 - Qurilish muhandisligi
2. 60730500 - Yoʻl muhandisligi
3. 60730400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi
4. 60730900 Shahar qurilishi va loyihalash
5. 60721700 Kadastr
6. 60730100 Arxitektura ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
Kechki ta'lim shakli bo'yicha 3 ta ta’lim yo’nalishlari:
1. 60730300 - Qurilish muhandisligi
2. 60730500 - Yoʻl muhandisligi
3. 60730400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
Magistratura kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 7 ta ta’lim mutaxassisliklari:
1. 70730301 Qurilish muhandisligi
2. 70730401 Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji
3.70730308 Qurilish materiallari texnologiyalari
4.70730101 Bino va inshootlar arxitekturasi
5.70730502 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi
6.70730503 Avtomobil yo'llari va aerodromlar
7.70730602 Geotexnika va yer osti gidrotexnika inshootlari ta’lim mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
Bugungi kunda fakultetimiz jamoasi “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida talabalarga bilim berib, ularni jahon andozalariga javob beradigan qilib tayyorlashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Hozirgi kunda fakultetda kunduzgi 965 nafar, sirtqi 1521 nafar talabalar bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olib kelmoqda.
Ma'lumot yo'q
Ma'lumot yo'q
SANOAT TEXNOLOGIYALARI Fakultet tarixi
1977 yilda Toshkent politеxnika institutining Jizzax “Umumtеxnika” fakultеti tashkil etildi. 1980 yilda u Toshkent politеxnika institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat koʻrsatib, bunda asosan “Sanoat va fuqaro qurilishi”, “Qurilish buyumlarini ishlab chiqarish” mutaxassisliklari boʻyicha bugungi kunga qadar rеspublikamiz va viloyatimiz xalq xoʻjaligiga koʻplab mutaxassislar еtkazib bеrdi. Mustaqillikdan kеyin, 1992 yilda Toshkent politеxnika institutining Jizzax filiali Oʻzbеkiston rеspublikasi Prеzidеntining farmoniga binoan, aloxida mustaqil Jizzax politеxnika institutiga aylantirildi. Bu vaqtga kеlib institut tarkibiga Toshkent avtomobil yoʻllari institutning Jizzaxdagi “Umumtеxnika”, Toshkent Kimyo tеxnologiya institutining Jizzax “Umumtеxnika” fakultеtlari ham birlashtirilib Jizzax politеxnika instituti tarkibida 5 ta fakultеt faoliyat koʻrsata boshladi. Bular: “Qurilish muxandisligi”, “Muxandislik iqtisodiyoti”, “Avtomеxanika”, “Kimyo tеxnologiya”, “Kеchki-sirtqi” fakultеtlari shular jumlasidandir. Bu vaqtda fakultеtda “Bino va inshoatlar mе’morchiligi”, Suv ta’minoti va kanalizatsiya; “Issiqlik, gaz ta’minoti va shamollatish”, “Qurish buyumlari ishlab chiqarish” kabi kafеdralar mavjud edi. Mutaxassislik kafеdralari esa “Sanoat va fuqaro qurilishi”, “Qurilish buyumlari ishlab chiqarish”, “Suv ta’minoti va kanalizatsiya”; “Issiqlik, gaz ta’minoti va shamollatish” kabi yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlab bеrar edi. “Sanoat tеxnologiyalari” fakultеti 2014 yil 12 iyundagi “Vazirlar Maxkamasining “Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012 yil 29 iyundagi 187-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 157-son qarori, shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim Vazirligining 2014 yil 14 iyundagi 229-sonli buyrygʻini ta’minlash maqsadida, institutning “Sanoat texnologiyasi va qurilish” fakulteti bazasida “Sanoat texnologiyalari” va “Binolar va muhandislik inshoatlari injineringi” fakultetlari tashkil etildi, 2020 yil 1-iyunda institut fakultetlari va kafedralari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritilib fakultetda “Toʻqimachilik maxsulotlarini qayta ishlash”, “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish” va “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat maxsulotlarini qayta ishlash” kafedralari biriktirilda, 2021 yil sentyabr oylidan “Ekologiya va atrof muxit muxofazasi” kafedrasi ham biriktirilgan. Hozirgi “Sanoat tеxnologiyalari” fakultеti Jizzax politexnika institutining 2024 yil 22 iyundagi 11/1-son “Institut strukturasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi bayonnomasining asosan fakultet tarkibidagi kafedralarni nomi “Toʻqimachilik mahsulotlari texnologiyasi”, “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi”, “Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat texnika texnologiyalari” va “Ekologiya va mehnat muxofazasi”ga oʻzgartirildi Dastlab dekan vazifasini fakultetda N.Tangyarikov boshqarib bоrgan. 13 oktyabr 2014 yildan 2016 yilgacha dots M.Aynaqulov, 2016 yildan 2021 yilgacha dots. M.Pozilov “Sanoat texnologoyalari” fakultetini dekani lavozimida faoliyat olib borgan. 2021 yildan hozirgi kundacha t.f.d., dots. Abbazov Ilxom Zapirovich “Sanoat texnologoyalari” fakultetini boshqarib kelmoqda.
Kafedralar:
1. Toʻqimachilik mahsulotlari texnologiyasi;
2. Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish texnologiyasi;
3. Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat texnika texnologiyalari;
4. Ekologiya va mehnat muxofazasi.
Magistr mutaxasisliklari:
1. 70720705-Paxtani dastlabki ishlash va urugʻ tayyorlash texnologiyasi;
2. 70720701-Toʻqimachilik mahsulotlari texnologiyasi;
3. 70720704-Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash;
4. 70720101-Oziq-ovqat texnologiyasi;
5. 70810101-Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish;
6. 70810701-Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi;
7. 70520201 - Atrof-muhit muhofazasi.
Sajyor tadqiqotchi ixtisosliklari:
05.06.02-Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari);
05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.
Tayanch doktorantura ixtisosliklari:
05.06.02-Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari);
05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.
Mustaqil tadqiqotchi ixtisosliklari:
05.06.02-Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari);
05.06.04-Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.
Doktorantura ixtisosligi:
05.06.02-Toʻqimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari);
Ma'lumot yo'q
Ma'lumot yo'q
Transport muhandisligi fakulteti tarixi
Mustaqillikdan keyin, 1992 yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali O‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, aloxida mustaqil Jizzax politexnika institutiga aylantirildi. 1977 yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax «Umumtexnika» fakulteti tashkil etildi. 1980 yilda u Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat ko‘rsatib, bunda asosan «Sanoat va fuqaro qurilishi», «Qurilish buyumlarini ishlab chiqarish» mutaxassisliklari bo‘yicha bugungi kunga qadar respublikamiz va viloyatimiz xalq xo‘jaligiga ko‘plab mutaxassislar etkazib berdi.
Bu vaqtga kelib institut tarkibiga Toshkent avtomobil yo‘llari institutning Jizzaxdagi «Umumtexnika», Toshkent Kimyo texnologiya institutining Jizzax «Umumtexnika» fakultetlari ham birlashtirilib Jizzax politexnika instituti tarkibida 5 ta fakultet faoliyat ko‘rsata boshladi. Bular: «Qurilish muxandisligi», «Muxandislik iqtisodiyoti», «Avtomexanika», «Kimyoviy texnologiya», «Kechki-sirtqi» fakultetlari shular jumlasidandir.
«Avtoransport» fakultеti 2014 yil 12 iyundagi «Vazirlar Maxkamasining Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risida 2012 yil 29 iyundagi 187-son qaroriga o`zgartirish kiritish haqida» 157-son qarori, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2014 yil 14 iyundagi 229-sonli buyrug’ini ta`minlash maqsadida, «Avtotransport» hamda institutning «Sanoat texnologiyasi va qurilish» fakulteti bazasida «Sanoat texnologiyasi» va «Binolar va muhandislik inshoatlari injiniringi» fakultetlari tashkil etildi.
Jizzax politexnika institutining 2020 yil 1 iyulda tuzilgan yangi strukturasiga asosan «Avtotransport» fakulteti «Transport» fakultetiga o’zgartirildi. 2024 yil 18 avgustda tuzilgan yangi strukturasiga asosan fakultet nomi «Transport muhandisligi» fakultetiga o‘zgartirildi.
Fakultetga raxbarlik qilgan dekanlar:
1992-yildan 1996-yilgacha dots. Raxmatullayev Mustafaqul Hamraqulovich
1996-yildan 2002-yilgacha dots. Islomov Ropijon Raxmonqulovich
2002-yildan 2005-yilgacha dots. Egamberdiyev Xolmurod Xaydarovich
2005-yildan 2009-yilgacha dots. Raxmatullayev Mustafaqul Hamraqulovich
2009-yildan 2010-yilgacha dots. Jurayev Kenja Yuldashevich
2010-yildan 2012-yilgacha dots. Egamnazarov G‘ayrat G‘aybullayevich
2012-yildan 2013-yilgacha dots. Eshonqulov Tirkash
2013-yildan 2016-yilgacha prof. Berdiyev Obloqul Boboqulovich
2016-yildan 2022-yilgacha prof. Saydaxmetova Nodira Ilxamovna
2022-yildan 2025-yilgacha dots. Jiyanbayev Sirojiddin Valiyevich
2025-yildan h. vaqtgacha v.b. prof. Mirzabekov Mirkomil Saydaxmatovich
Hozirgi kunda fakultet tasarrufidagi kafedralar
1. “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi.
2. “Transport logistikasi” kafedrasi.
3. “Kimyo muhandisligi” kafedrasi.
4. “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi.
5. “Umumtexnika fanlari” kafedrasi.
1. “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi, kafedra mudiri. t.f.f.d dots. Suvonqulov Sherali Abdumannonovich.
2. “Transport logistikasi” kafedrasi, kafedra mudiri t.f.f.d. dots. Mamayev G‘ulom Ibrohimovich.
3. “Kimyo muhandisligi” kafedrasi, kafedra mudiri k.f.f.d. dots. Haqberdiyev Shuhrat Mahramovish.
4. “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, kafedra mudiri f.f.f.d. dots. Turatov Shuxrat Baxromovich.
5. “Umumtexnika fanlari” kafedrasi kafedra mudiri p.f.f.d. dots. Narbekov Nodir Narmatovich.
Fakultetdagi mavjud Magistratura mutaxassisliklari
1. 70711401- Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti)
2. 70711402- Avtomobillar va avtomobil xo'jaligi
3. 70711407-Intelektual transport tizimlari
4. 70712301-Mashnasozlik texnologiyasi
5. 71010402-Transport logistikasi (avtomobil transporti)
Fakultetda 9 ta ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
1. 60712500 - Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti)
2. 60712300 - Mexanika muhandisligi (mashinasozlik texnologiyasi)
3. 60710100 - Kimyo muhandisligi (elektrokimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi)
4. 61010400 - Logistika (avtomobil transporti)
5. 61040200 - Yo'l harakatini tashkil etish (avtomobil transporti bo'yicha)
6. 60711200 - Metallurgiya muhandisligi
7. 60112400 - Professional ta'lim(transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti)
8. 60720800 - Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish
9. 60721100 - Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
Ma'lumot yo'q
Energetika muhandisligi fakulteti haqida ma'lumot
Mustaqillikdan keyin, 1992 yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali O'zbekiston respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, alohida mustaqil Jizzax politexnika institutiga aylantirildi. 1977 yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax "Umumtexnika" fakulteti tashkil etildi. 1980 yilda u Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat ko'rsatib, bunda asosan "Sanoat va fuqaro qurilishi", "Qurilish buyumlarini ishlab chiqarish" mutaxassisliklari bo'yicha bugungi kunga qadar respublikamiz va viloyatimiz xalq xo'jaligiga ko'plab mutaxassislar yetkazib berdi. Bu vaqtga kelib institut tarkibiga Toshkent avtomobil yo'llari institutning Jizzaxdagi "Umumtexnika", Toshkent kimyo texnologiya institutining Jizzax "Umumtexnika" fakultetlari ham birlashtirilib Jizzax politexnika instituti tarkibida 5 ta fakultet faoliyat ko'rsata boshladi. Bular: "Qurilish muxandisligi", "Muxandislik iqtisodiyoti", "Avtomexanika", "Kimyo texnologiya", "Kechki-sirtqi" fakultetlari shular jumlasidandir.