UZ RU EN
Barcha e`lonlar
E`lon 30-mart, 2026-yil 52

Jizzax politexnika institutiga tyutorlar quyidagi malaka talablari asosida ishga qabul qilingan.

Oliy ma’lumotga (bakalavr) ega bo‘lganligi (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi)

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmaganligi

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti va amaliyotini chuqur anglab yetgan pedagogik va psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lganligi

Na’munaviy shaxsiy fazilatlarga shu jumladan madaniyatli, mas’uliyatli kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskorligi

Mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega ekanligi

Ta’lim faoliyatiga oid normativ huquqiy hujjatlarni ta’lim standartlari talablari va mazmunini bilishi darajasi

Talabalar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid bilimlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish malakasiga ega bo‘lishi, sohaga oid yangiliklardan xabardorligi

Axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot tahliliy materiallarni tayyorlash, qarorlar qabul qilish o‘z fikrlarini yozma hamda og‘zaki bayon etish, topshiriqlarni qisqa va lo‘nda ifoda etish qobiliyatiga egaligi

Talabalarni oliy ta’lim tashkilotidagi faoliyatini tahlil qila olishi muammolarni aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yo‘llarini topishi va amalda qo‘llay olishi

2026-yilda institutga 1 nafar vakant tyutorlik lavozimiga xodim ishga qabul qilingan.

Jizzax politexnika institutiga tyutorlik lavozimiga qabul qilingan nomzodlarning natijalari va ular qaysi mezonlar asosida tanlangani to‘g‘risidagi