Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
3-Iyul, 2024-yil 14:59

JizPIda Yoshlar kuni munosabati bilan bir qator sport musobaqalari o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan institutda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda fakultetlarda tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida bir qator sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqada Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, fakultetlarning Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol, arqon tortish, arg‘amchida sakrash, shaxmat-shashka turlaridan bellashuvlar o‘tkazildi. Bellashuvlar qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3