Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
1-Iyul, 2024-yil 17:19

“Men tugʻilgan maskan” chellenjida ishtirok eting!

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Oʻzbekligim- oʻzligim” NNT bilan hamkorlikda milliy tanlov – “Men tugʻilgan maskan” chellenjiga start beradi. Tanlovda qatnashish sharti juda oddiy: ✔️ O‘zi tugʻilgan shahar, qishloq yoki ovulingizdagi milliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar haqida kreativ reels tayyorlaysiz; ✔️ Instagramdagi “O‘zbekligim-oʻzligim” profilini belgilaysiz va #men_tugilgan_maskan xeshtegini postga yozasiz. Gʻoliblar eng koʻp layk va koʻrishlar soniga qarab aniqlanadi. Tanlov 1-iyulda boshlanib, 30-avgustgacha davom etadi. ❗️Bosh sovrin noutbuk! Manba: https://t.me/eduuz/23585